Kuvayt sanoat korxonalari uyushmasi O'zbekistonning investitsiya va eksport salohiyatini targ'ib qiladi
Avgust 29, 2025. 14:15 • 40 soniya
• 62
AL-KUVAYT, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt sanoat korxonalari uyushmasi bosh menejeri Xuda al-Baxshi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va mazkur uyushma o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, Kuvaytda yurtimizning investitsiya va eksport salohiyatini keng targ'ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kuvaytlik mebel ishlab chiqaruvchilar uchun yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va aksessuarlarni O'zbekistondan eksport qilishni yo'lga qo'yish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Bosh menejer Xuda al-Baxshi tekstil, mebel va elektrotexnika sohasida faoliyat ko'rsatuvchi uyushma a'zolari ishtirokida davra suhbati tashkil qilishda amaliy yordam ko'rsatishini bildirdi.
Suhbatga yakunida Kuvayt sanoat korxonalari uyushmasi a'zolaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga, yurtimiz yengil sanoat korxonalari vakillarining Kuvaytga biznes-missiyasini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi