Kuvaytlik investor O'zbekistonda restoran va mehmonxona biznesiga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o'rganmoqda
Dekabr 11, 2023. 11:32 • 37 soniya
• 301
AL-KUVAYT, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Kuvaytning yirik xususiy sarmoyadorlaridan biri - Xolid al-Habshi bilan muzokaralar o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv davomida sayyohlik infratuzilmani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Kuvayt tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish bo'yicha islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida to'liq ma'lumot berildi.
Xolid al-Habshi Samarqand, Toshkent, Buxoro va Farg'ona shaharlarida arab restoranlarini ochish taklifini bildirdi. Ushbu loyihalarning barchasi kuvaytlik investorning to'g'ridan-to'g'ri jalb etiladigan mablag'lari hisobiga amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Kuvayt tomoni, shuningdek, O'zbekistonda mehmonxona biznesiga ham sarmoya kiritishga qiziqish mavjudligini ta'kidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni hayotga tatbiq etish masalalarini O'zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muhokama qilish uchun alohida uchrashuv tashkil etish to'g'risida kelishib olishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi