Londonda O'zbekistonda ekologik innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha davra suhbati o'tkazildi
Noyabr 03, 2025. 14:55 • 42 soniya
• 65
LONDON, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida "O'zbekistonda yashil energiya loyihalarini amalga oshirish va ekologik innovatsiyalarni joriy etish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Buyuk Britaniyaning ishbilarmon doiralar vakillari, moliya institutlari xodimlari, ekologik tashkilotlar a'zolari va xalqaro investorlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar O'zbekistonda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash, yashil energiya loyihalarini amalga oshirish hamda ekologik innovatsiyalarni hayotga joriy etish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv davomida yetakchi investitsiya va ekologik kompaniya vakillari o'z tajribalari bilan o'rtoqlashib, O'zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
Tadbir yakunida qatnashchilar yashil iqtisodiyot sohasida hamkorlikni kengaytirish, bu borada ilg'or texnologiyalar va moliyaviy instrumentlarni joriy etish hamda qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kerakli taklif va tashabbuslarni ilgari surib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar xususida kelishib olishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi