Logo

Malayziya o'rta darajadagi kompaniyalar konsorsiumi delegatsiyasi O'zbekistonga keladi

Oktabr 29, 2025. 12:30 • 53 soniya

35
Malayziya o'rta darajadagi kompaniyalar konsorsiumi delegatsiyasi O'zbekistonga keladi

KUALA-LUMPUR, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya o'rta darajadagi kompaniyalar konsorsiumi (MCMTC) prezidenti Martin Ang bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida Martin Ang boshchiligidagi mazkur konsorsiumga a'zo kompaniyalar vakillarining joriy yil 5-8-noyabr kunlari O'zbekistonga tashrifi kun tartibiga oid masalalar muhokama qilindi.

Martin Ang O'zbekistonga boradigan MSMTS delegatsiyasi tarkibiga qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, misni qayta ishlash, sarxil va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari savdosi va logistika masalalari bilan shug'ullanuvchi o'ndan ortiq kompaniyalar vakillari kiritilganini ma'lum qildi. "Malayziyalik tadbirkorlarning O'zbekistonga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan turli sohalardagi tizimli islohotlar, xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlar tobora Malayziya biznes ahlinining e'tiborini o'ziga tortmoqda", dedi u.

Uch kunlik tashrif davomida delegatsiya a'zolari respublikada meva-sabzavot eksporti, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, ulgurji savdo, qishloq xo'jalik mahsulotlari va misni qayta ishlash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadi va tegishli ishlab chiqarish korxonalariga boradi.

Shuningdek, tashrif dasturida doirasida B2B shaklidagi uchrashuvlar va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida davra suhbatlari o'tkazish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish