Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda chorvachilik uchun innovatsion usulda ozuqa oqsilini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi mumkin
Iyul 06, 2025. 07:38 • 52 soniya
• 136
KUALA-LUMPUR, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Imago Engineering Sdn. Bhd." kompaniyasi bosh ijrochi direktori Leonid Nikishov bilan uchrashuv o'tka
zdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot avvalida Leonid Nikishov "Imago Engineering" kompaniyasi faoliyati va ishlab chiqilgan parrandachilik chiqindilarini qayta ishlashning innovatsion texnologiyalari to'g'risida ma'lumot berdi. Uning aytishicha, kompaniya parranda axlatini xonaki pashsha lichinkalari yordamida qayta ishlash orqali hasharot oqsili va organik o'g'itlar ishlab chiqaradi.
"Bu noyob texnologiya parrandachilik sanoatidan chiqadigan katta miqdordagi issiqxona gazlari va ferma atrofidagi yoqimsiz hidlarni kamaytirish imkonini beradi. Qayta ishlash zavodida barcha texnologik jarayonlar masofadan boshqariladi va ular turli o'lchamdagi parrandachilik fermalariga moslasha oladi", – dedi Leonid Nikishov.
Malayziya tomoni o'zi yaratgan texnologiya asosida to'liq avtomatlashtirilgan va yopiq bioreaktor tizimi bilan jihozlangan birinchi zavodni O'zbekistonda qurishga qiziqish bildirdi.
"Imago Engineering Sdn. Bhd." Rahbari, shuningdek, O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikda ushbu loyihaga sarmoya kiritish va uni davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi