XXV Xitoy xalqaro investitsiyalar va savdo yarmarkasida O'zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi
Sentabr 19, 2025. 12:16 • 44 soniya
• 52
GUANCHJOU, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Guanchjou shahrida boshlangan XXV Xitoy xalqaro investitsiyalar va savdo yarmarkasida (CIFIT) "Invest in Uzbekistan" va "Made in Uzbekistan" nomli O'zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

To'rt kun davom etadigan yarmarkadagi O'zbekiston pavilyonida mamlakatimizning qishloq xo'jaligi, geologiya, kimyo va to'qimachilik sanoati, charm va ipakchilik hamda turizm sohalaridagi investitsiya imkoniyatlari, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 50 turdagi eksportbop mahsulotlar taqdim etilyapti.
Yarmarka doirasida o'tkazilayotgan ikki tomonlama uchrashuvlarda o'zaro hamkorlikni kengaytirish, eksport hajmini oshirish va investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilinmoqda.
1997-yildan buyon muntazam o'tkazayotgan "CIFIT" Xitoyning eng yirik investitsiya va savdo ko'rgazmasi hisoblanadi. Joriy yilgi tadbirda 120 dan ortiq davlatlar vakillari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hamda iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab olgan 500 dan ortiq Xitoy va xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi