Logo

Varshavada "Markaziy Osiyoga darvoza: O'zbekistonda biznes qilishning yangi ufqlari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

Oktabr 24, 2025. 11:26 • 57 soniya

69
Varshavada "Markaziy Osiyoga darvoza: O'zbekistonda biznes qilishning yangi ufqlari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

VARSHAVA, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. Polsha poytaxti Varshava shahrida "Markaziy Osiyoga darvoza: O'zbekistonda biznes qilishning yangi ufqlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Tadbirda "Polsha–Turkiya" tadbirkorlar uyushmasi raisi Xabesh Fakibaba rahbarligidagi yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi.

O'zbekiston diplomatlari tomonidan o'tkazilgan taqdimotda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, O'zbekiston-Polsha hamkorligi holati va istiqbollari, hududlararo aloqalar hamda Yangi O'zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

 Polsha tomoni uchun O'zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga oid hamda "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasi faoliyati to'g'risidagi videolavhalar namoyish etildi.

Ishtirokchilar mazkur markaz faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi va uni kelgusidagi hamkorlik uchun muhim platforma sifatida baholashdi.

 Polsha biznesi 26-28 noyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan "AgroExpoUzbekistan" xalqaro ko'rgazmasida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Polsha va Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan "B2B" va "G2B" formatlarida tashkil etilgan muzokaralar chog'ida O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o'tish, farmatsevtika, qurilish, moliya, transport va logistika, qishloq xo'jaligi, turizm, mehnat migratsiyasi va boshqa ustuvor sohalarda o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

 

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish