O'zbekiston elchisi va Niderlandiyaning Overeysel provinsiyasi komissari hamkorlik istiqbollarini kelishib oldilar
Noyabr 24, 2024. 08:43 • 52 soniya
• 181
ZVOLLE, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi G'ayrat Fozilov (qarorgohi Bryussel shahrida joylashgan) ushbu mamlakatning Overeysel provinsiyasiga tashrif buyurdi va qirollik komissari Andris Piyeter Xeydema bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif Benilyuks mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi.
Komissar O'zbekiston delegatsiyasini samimiy qutlab, mamlakatimiz elchisini birinchi marta qabul qilish hudud uchun katta sharaf ekanini, chunki ilgari bunday tashriflar amalga oshirilmaganini ta'kidladi.
Uchrashuvda Niderlandiya tomoniga O'zbekistonda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiyaviy va ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
O'zbekiston hududlari va Overeysel o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yish, biznes missiyalarini tashkil etish orqali mamlakatimizda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat universitetlari o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish muhimligini ta'kidladilar.
Komissar Andris Piyeter Xeydema o'zbekistonlik sheriklar va Overeysel provinsiyasidagi xususiy biznes tuzilmalari, ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari o'rtasida yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yishda amaliy yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi