O'zbekiston elchisi Saudiya Arabistonining Asir mintaqasi Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Sentabr 05, 2025. 09:33 • 58 soniya
• 49
ABHA, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Nodirjon Turg'unov Abha shahrida Saudiya Arabistonining Asir mintaqasi savdo-sanoat palatasi bosh kotibi Misfar al-Vida'iy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, yurtimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O'zbekistonning qishloq xo'jaligi va yer osti boyliklarini qazib olish sohasidagi boy tajribasidan kelib chiqib, ushbu jabhalarda o'zaro tajriba almashish va mutaxassislar o'rtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Bosh kotib Misfar al-Vida'iy so'nggi yillarda O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi munosabatlar har tomonlama rivojlanib borayotganini, o'zaro tashriflar soni ortayotganini e'tirof etdi. U, shuningdek, Saudiya tadbirkorlari O'zbekiston tomoni bilan hamkorlik o'rnatishdan manfaatdorligini bildirib, palata va uning mas'ul shaxslari bu borada barcha sa'y-harakatlarni safarbar etishga tayyorliklarini bildirdi.
O'zbekiston elchisi o'z navbatida, ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va o'zaro savdo hajmini oshirish yuzasidan bir qator takliflarni ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar ijrosini ta'minlash maqsadida o'zaro muloqotlarni davom ettirish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi