Logo

O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi

Oktabr 23, 2025. 15:08 • 52 soniya

99
O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi

BUDAPESHT, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Bosh vaziri o'rinbosari, iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich onlayn muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida tomonlar o'zaro manfaatli bo'lgan keng ko'lamli masalalarni muhokama qildi. O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik hamda investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratish zarurligi, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va serb kompaniyalarining Markaziy Osiyo bozorlaridagi, ayniqsa O'zbekistonda faol ishtiroki uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qat'iy intilayotgani ta'kidlandi.

O'zbek tomoni Yevropa bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni diversifikatsiya qilishga va Serbiyani Markaziy Yevropadagi muhim hamkor sifatida ko'rayotgani e'tirof etildi.

Tomonlar O'zbekiston va Serbiya o'rtasida jadallashgan turli darajadagi faol muloqot ikki davlat iqtisodiy va sanoat sohasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish yo'lidagi umumiy intilishini aks ettirayotganini qayd etdilar va ikki tomonlama hamkorlikni amaliy va yangi bosqichga ko'tarish niyatini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Serbiya ishbilarmon doiralarini O'zbekistondagi tadbirlarda faol ishtirokini ta'minlash borasida hamkorlikni kuchaytirishga va muntazam uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish