O'zbekistonning Latviyadagi elchisi Farg'ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari bilan tanishdi
Iyun 10, 2025. 20:38 • 2 daq
• 65
FARG'ONA, 10-iyun. "Dunyo" AA/. O'zbekistonning Latviyadagi elchisi Timur Raxmanov xalqaro hamkorlik istiqbollarini belgilash maqsadida Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomat tashrif davomida Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Nuriddin Mamajanov hamda ta'lim, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy himoya uchun mas'ul bo'lgan idora va muassasalar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda ushbu sohalarga xorijiy va xalqaro grantlar, moliyaviy va texnik ko'makni jalb etish, shuningdek eksportni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, safar davomida Qo'qon erkin iqtisodiy zonasida faoliyat olib borayotgan bir qator sanoat korxonalar rahbarlari bilan muzokaralar tashkil etildi.
Jumladan, laminat va MDF mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Khat decor", mevani qayta ishlash va qadoqlash bo'yicha "Yevro print kokand", "Avilon kokand" trikotaj mahsulotlarini tayyorlash korxonasi va boshqa majmualar rahbarlari bilan uchrashuvda ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Boltiqbo'yi va Yevropa mamlakatlariga eksport qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Elchi Timur Raxmanov Farg'ona viloyati Yoshlar ishlari agentligi, Farg'ona viloyati Xotin-qizlar kotibiyati mudiri, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati kengashi raisi bilan ham muloqot qildi. Tomonlar ushbu yo'nalishlarga xorijiy grantlar, moliyaviy va texnik ko'makni jalb etish masalalari xususida fikr almashdilar. Yakunda IT, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy sohalarda qo'shma loyihalarni taqdim etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Mamlakatimizning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari, shuningdek, Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanining iqtisodiy salohiyati, xususan, sanoat mollari, qishloq xo'jaligi va to'qimachilik sohasida amalga oshirilayotgan loyilar bilan tanishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi