Toshkent va Guanchjou shaharlari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadallashadi
Iyun 26, 2025. 09:56 • 41 soniya
• 73
TOSHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida Xitoyning Guanchjou shahar Tashqi savdoni rag'batlantirish qo'mitasi prezidenti Chen Simin boshchiligidagi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga biznes-missiyasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar doirasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum tashkil etildi. Forum doirasida o'tkazilgan taqdimotlarda yurtimizda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhiti, ularga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, hududlarning drayver tarmoqlari hamda istiqbolli loyihalar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
B2B formatida bo'lib o'tgan muzokaralar davomida o'zaro biznes almashinuvlarni faollashtirish hamda qo'shma investitsion va savdo loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Bo'lib o'tgan forum yakunida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar boshqarmasi va Guanchjou shahar Tashqi savdoni rag'batlantirish qo'mitasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi