Turkiya biznesi Surxondaryoda energetika, qishloq xo'jaligi va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish kabi sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda
Avgust 28, 2025. 06:56 • 1 daq
• 48
ISTANBUL, 3-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va Surxondaryo viloyati hokimligi o'rtasidagi onlayn vebinar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vebinarda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi Turkiya-O'zbekiston qo'mitasi boshqaruv a'zosi Jem Aker, Surxondaryo viloyati hokimiyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi mas'ullari, mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi va Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi diplomatlari, Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan yirik turk investorlari va boshqa kompaniyalar vakillari qatnashdi.
Uchrashuv Surxondaryo viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm hamda boshqa bir qator sohalardagi salohiyatini Turkiyadagi ishbilarmon doira vakillari o'rtasida keng targ'ib etish maqsadida tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bo'lim boshlig'i Murod Panjiyev hududning qishloq xo'jaligi, savdo-sanoat, turizm hamda mavjud erkin iqtisodiy zonalardagi imkoniyatlar haqida so'zlab berdi.
Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan Turkiyaning "Türk Global Center" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ashkin Yurdakul va "HumAgro" kompaniyasi hammuassisi Xaluk Ko'ksalan yurtimizdagi loyihalari haqida to'xtaldi.
Turkiya biznesi vakillari Surxondaryo viloyatida energetika, savdo, qishloq xo'jali avtomobilsozlik va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi