Shanxay shahrida "O'zbekiston-Xitoy" biznes-forumi bo'lib o'tdi
Avgust 11, 2025. 12:07 • 54 soniya
• 88
SHANXAY, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi va Shanxaydagi Bosh konsulxonasi tomonidan Shanxay shahrida O'zbekiston-Xitoy biznes-forumi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistonning turli vazirlik, tarmoq korxonalari, viloyatlar vakillari va tadbirkorlar qatnashdi. Xitoy tomonidan esa 500 ortiq kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari Jamshid Xodjayev forumning ochilish marosimidagi nutqida so'nggi yillarda Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar barcha yo'nalishlarda jadal rivojlanayotganini ta'kidladi. Hududlararo hamkorlik, infratuzilma, energetika, qishloq xo'jaligi va yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi sheriklik ikki mamlakatni iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatayotgani qayd etildi.
Tadbir davomida O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, Namangan, Surxondaryo, Farg'ona va Jizzax viloyatlardagi investitsion loyihalar, investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risida taqdimotlar o'tkazildi.
Taqdimotlar davomida mahsulotlar eksportida davlat tomonidan qisman qoplanadigan yo'l xarajatlari, Yevropaning "GSP+" tizimi bo'yicha mamlakatimizga taqdim etilayotgan imtiyozlarga to'xtalib o'tildi.
Iqtisodiy anjuman doirasida tashkil etilgan G2B va B2B formatlaridagi muzokaralarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Forum yakunida Xitoy kompaniyalari bilan turli sohalarda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda O'zbekiston hududlariga xitoylik tadbirkorlarning biznes-missiyalarini tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi