Turkiya kompaniyasi O'zbekistonda dunyoga mashhur muzqaymoq va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi mumkin
Avgust 12, 2025. 15:56 • 2 daq
• 87
KAHRAMONMARASH, 12-avgust. /Dunyo AA/. O'zbekiston elchisi Ilhom Haydarov amaliy tashrif bilan Turkiyaning Kahramonmarash viloyatiga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Kahramonmarash Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.
Unda Kahramonmarash birjasi raisi Mustafa Narli, viloyat savdo palatasi boshqaruv raisi Hikmet Gumusher va palata boshqaruv kengashi a'zolari, hududdagi yetakchi tadbirkorlar qatnashdi.
Muloqot chog'ida to'qimachilik, oziq-ovqat, qurilish, oshxona jihozlarini ishlab chiqarish, sug'urta, laboratoriya uskunalari, qishloq xo'jaligi sohalarida o'zaro savdoni rivojlantirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar va qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Turkiya ishbilarmon doiralariga O'zbekistonda bo'lib o'tadigan ko'rgazmalar haqida keng so'zlab berildi. Joriy yilning sentabr va oktabr oylari o'tkazilishi rejalashtirilgan "TextileExpo Uzbekistan Autumn", "CAITME 2025", "Texworld Tashkent" hamda "Apparel Sourcing Tashkent" xalqaro ko'rgazmalari doirasida Qahramonmarash viloyati ishbilarmon doira vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyasining tashkil etishga kelishildi.
Kahramonmarashning butun dunyoga mashhur muzqaymoq va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan "Mado" kompaniyasi rahbari Mexmet Kanbur bilan alohida uchrashuv o'tkazildi. Unda O'zbekistonda "premium brendga" ega kompaniyaning savdo nuqtalarini kengaytirish va to'liq sikldagi ishlab chiqarish zavodini tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Mamlakatimiz vakillari, shuningdek, "Temsan Makina" va "Arikan Group" korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. O'zbekistondagi mahalliy to'qimachilik korxonalari bilan hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi