Makkadagi “Makkah Halal Forum 2026” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston ham qatnashmoqda
Fevral 15, 2026. 14:09 • 2 daq
• 523
MAKKA, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining Makka shahrida dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi ishlab chiqaruvchilar, investorlar va biznes vakillarini birlashtirgan “Makkah Halal Forum 2026” xalqaro halol-industriya ko‘rgazmasi va forumi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu nufuzli tadbir halol sanoat sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar va investorlarni bir maydonga jamladi. 1200 kvadrat metr maydonda tashkil etilgan forumda 15 ta davlatdan 130 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etmoqda.
14–16-fevral kunlari davom etadigan ko‘rgazmada O‘zbekiston ham faol qatnashmoqda. Savdo-sanoat palatasi boshchiligida mamlakatimizdan 30 nafardan ortiq tadbirkor “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendi ostida o‘z mahsulotlarini namoyish qilmoqda.
170 kvadrat metrdan ziyod hududda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportbop mahsulotlari — quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, turli oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa tayyor tovarlar taqdim etildi.
Mazkur ishtirok O‘zbekistonning xalqaro halol bozoridagi imkoniyatlarini namoyish etish, yangi sheriklar topish va eksport geografiyasini yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi