O'zbekiston milliy mahsulotlari Xitoyning Foshan shahrida bo'lib o'tgan ko'rgazmada namoyish etildi
Iyul 23, 2025. 07:13 • 45 soniya
• 87
FOSHAN, 23-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Foshan shahrida bo'lib o'tgan "Foshan Food Industry-2025" ko'rgazmasida O'zbekiston milliy mahsulotlari stendi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada Foshan shahri mutasaddilari, Guandun provinsiyasi qishloq xo'jaligi departamenti rahbarlari va 400 dan ortiq Xitoy kompaniyalari qatnashdi.
Yurtimiz stendida O'zbekistonda yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo'jaligi hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari namoyish qilindi. Mamlakatimiz turizm imkoniyatlariga bag'ishlangan tarqatma materiallar, soha salohiyatiga oid videoroliklar namoyishi ko'rgazma ishtirokchilari diqqatini tortdi.
Ko'rgazma maydonida Guandun provinsiyasi kompaniyalar vakillari ishtirokida "O'zbekiston hududlarining investitsiyaviy imkoniyatlari" mavzusida biznes-forum tashkil etildi. Unda mamlakatimiz hududlarining investitsiyaviy imkoniyatlari va joylardagi istiqbolli loyihalar haqida taqdimot o'tkazildi.
Mebelsozlik, charm sanoati, qurilish materiallari va qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida faoliyat yuritayotgan mahalliy kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyaning joriy yil avgust oyida Buxoro viloyatiga biznes-missiyasini amalga oshirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi