Ashxobodda O'zbekistonning eksport, investitsiya va turizm salohiyati taqdimot qilindi
Oktabr 23, 2025. 11:24 • 35 soniya
• 56
ASHXOBOD, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Turkmaniston poytaxtida O'zbekistonning eksport, investitsiya va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Altyn Inne" jurnali tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur tadbirda 50 dan ortiq turkman ishbilarmon xotin-qizlari va O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Turkiya, Eron, Italiya va Fransiya elchixonalari vakillari ishtirok etdi.
Mamlakatimiz diplomatlari tomonidan o'tkazilgan O'zbekistonning eksport salohiyati va investitsiya imkoniyatlariga bag'ishlangan taqdimotda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sanoat mahsulotlari, xorijiy investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar to'g'risida ta'kidlandi. Shuningdek, O'zbekiston eksportchi korxonalarining tijorat takliflari va mamlakatimiz hududlaridagi investitsiya loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Tadbir doirasida "Altyn Inne" jurnali tomonidan tayyorlangan "Med.Tour.Uz" O'zbekistonning tibbiyot muassasalari va xizmatlari yagona katalogi taqdimoti o'tkazildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi