Logo

Belgradda O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Iyul 10, 2025. 16:34 • 32 soniya

85
Belgradda O'zbekiston va Serbiya o'rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

BELGRAD, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Serbiya Ichki va tashqi savdo vazirligi davlat kotibi Nikola Stoyanovich bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tomonlar ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashib, mavjud salohiyatdan faol foydalanish muhimligini ta'kidladilar.

O'zaro hamkorlikning ikki tomonlama mexanizmlarini, jumladan, O'zbekiston-Serbiya hukumatlararo komissiyasini tuzish , shuningdek, asosiy yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga doir shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Muloqot chog'ida, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi o'zaro hamkorlik masalalari, jumladan, viza tartib-taomillarini soddalashtirish va tegishli hukumatlararo bitimlarni tuzish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish