Vengriya kompaniyasi yer osti suvlaridan foydalangan holda infratuzilma obyektlarini suv bilan ta’minlashni taklif qilmoqda
Avgust 14, 2024. 07:49 • 54 soniya
• 212
BUDAPЕSHT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchici Oybek Shaxavdinov Vengriyaning "Geogold Karpatia" kompaniyasi direktori Antal Serfozo bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda ichimlik suvi, sug'orish, sovutish va isitish tizimlariga zamonaviy yechimlarni jalb qilish yo'nalishida hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi.
Yer osti suvlaridan unumli foydalanish masalasi Markaziy Osiyo mintaqasida dolzarb ekanligi ta’kidlandi. Vengriya kompaniyasi rahbari yer osti suvlaridan unumli foydalanish maqsadida ushbu yo'nalishda qo'shma loyihani amalga oshirish taklifini bildirdi.
"Kompaniya tomonidan nafaqat ichimlik va sug'orish, balki sovutish va isitish tizimlariga zamonaviy yechimlarni taklif qilmoqda. Jumladan, yer-osti suvlaridan foydalangan holda xonadon va boshqa infratuzilma obyektlarini sovutish va isitish mumkin. Bu yechimni O'zbekistonda yer-osti suvlari chuqur bo'lmagan hududlarda qo'llash imkonini beradi. Shu bilan birga, ushbu loyiha ichimlik suvini ortiqcha sarflanishi oldini oladi", dedi kompaniyasi direktori Antal Serfozo.
Venger tomoni, shuningdek, O'zbekiston Suv xo'jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi, Energetika vazirligi, "O'zsuvta’minot" AJ va boshqa tegishli tashkilotlar bilan ushbu jabhada aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi