Logo

Misr kompaniyasi O'zbekistonda tibbiy kosmetika vositalarini ishlab chiqarmoqchi

Oktabr 08, 2025. 11:16 • 32 soniya

64
Misr kompaniyasi O'zbekistonda tibbiy kosmetika vositalarini ishlab chiqarmoqchi

QOHIRA, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Misrning "Luna Group Pharmaceutical" kompaniyasi direktori Jorj Amin Maykl bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasida tibbiy kosmetika vositalarini ishlab chiqarish yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yish, jumladan, kompaniyaning O'zbekistonda filialini ochish va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Misr tomoniga mintaqamizning eksport imkoniyatlari va bozorlar salohiyati haqida  ma'lumot berildi.

Jorj Amin Maykl tibbiy kosmetika vositalarini O'zbekistonda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish masalalarini o'zbek sheriklar bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Misr vakiliga joriy yilda Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan ko'rgazmalarda kompaniya mahsulotlari bilan ishtirok etish taklifi bildirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish