Qohira shahrida O'zbekiston va Misr o'rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Noyabr 12, 2025. 16:25 • 44 soniya
• 69
QOHIRA, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misr elektroenergetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari vaziri, doktor Mahmud Esmat bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekiston va Misr o'rtasida elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Elchi O'zbekiston Misr bilan energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan chuqur manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, mamlakatimiz elektr energetika infratuzilmasi jadal rivojlanayotgani, "yashil" energetikaga o'tilayotgani, bu borada ilg'or tajriba almashish va qo'shma investitsiyalar kiritish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi.
O'z navbatida, vazir O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini e'tirof etib, Misrning qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo'yicha tashabbuslari haqida so'zlab berdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasida qo'shma loyihalarni kengaytirish va hamkorlik istiqbollarini belgilab oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi