Misr kompaniyalari Qoraqalpog'istonda ekologik loyihalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini o'rganmoqda
May 14, 2025. 12:24 • 40 soniya
• 135
NUKUS, 14-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Misrning yetakchi kompaniyalari mutasaddilarining Qoraqalpog'istonga biznes-missiyasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, Misrning "Bell Energy" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haytam Husayn va "PetroSol Oil Field Services L.L.C" kompaniyasining mas'ul xodimi Mostafa Mahmoud safar davomida Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov bilan uchrashdi.
Muloqot chog'ida Orolbo'yi mintaqasida ekologik muammolarni bartaraf etish, barqaror infratuzilmani yaratish va tabiiy muhitni tiklash bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Orolbo'yi hududida suv tanqisligi, yerlarning cho'llanishi va bioxilma-xillikning kamayib borishi kabi dolzarb ekologik muammolarni bartaraf etish bo'yicha qo'shma tashabbuslarga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, Orolbo'yi mintaqasini barqaror rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va aholi farovonligini yaxshilash borasidagi o'zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ham muhokama qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi