Xitoyning Chjeszyan provinsiyasida O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim qilindi
Iyul 06, 2025. 10:37 • 54 soniya
• 119
XANCHJOU, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi rasmiylari bilan birgalikda biznes-simpozium tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda provinsiyaning mas'ul iqtisodiy tuzilmalari, biznes uyushmalari va yetakchi mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Yig'ilganlar uchun O'zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.
Unda mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, maxsus iqtisodiy zonalarda ishlash imkoniyatlari, eksportni qo'llab-quvvatlash choralari va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o'sish tendensiyalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
O'zbekistonning sayyohlik jozibadorligi va Xitoydan kelgan sayyohlar uchun soddalashtirilgan shart-sharoitlar, jumladan, vizasiz rejim va Xitoyning turli shaharlaridan to'g'ridan-to'g'ri aviareyslarning muntazam ravishda yo'lga qo'yilgani qayd etildi.
Chjeszyan provinsiyasida sanoat, "yashil" energetika, energiyani tejash va yangi materiallar ishlab chiqarish sohalari jadal rivojlanmoqda. Xitoy biznesi O'zbekistondagi loyihalarda ishtirok etishga, xususan, qishloq xo'jaligi va suv resurslarini tejash sohalarida hamkorlik qilishga qiziqish bildirishdi.
Anjumanda mamlakatimizda ishlayotgan Xitoyning "Holley Group" kompaniyasi xodimlari O'zbekistondagi tajribalari haqida so'zlab berdilar.
Tadbir yakunida Chjeszyan provinsiyasi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi