Xitoyning Guandun provinsiyasida O'zbekiston qishloq xo'jaligi sanoatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi
Oktabr 30, 2025. 10:54 • 43 soniya
• 45
NANSHA, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Yurtimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Nansha shahrida bo'lib o'tayotgan "2025 International Conference on Trade in Agricultural Services" yirik xalqaro tadbirda O'zbekiston qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati mavzusida taqdimot o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Konferensiya ishtirokchilariga so'nggi yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar va erishilgan natijalar, iqtisodiy ko'rsatkichlar, tarmoqlarning eksport salohiyati, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhit, taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbir doirasida Xitoyning qishloq xo'jaligi yo'nalishida faoliyat yuritayotgan qator kompaniyalari bilan O'zbekistonga investitsiya va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan muzokaralar o'tkazildi.
Istiqbolli hamkorlik yo'nalishlarini belgilash, aniq kelishuvlarga erishish maqsadida mamlakatimizga biznes-missiyalar tashkil etish, tegishli vazirlik va idoralar bilan onlayn hamda offlayn uchrashuvlar o'tkazish bo'yicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi