Logo

O‘zbekiston elchisining Dakkaga tashrifi doirasida Bangladesh bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan amaliy qadamlar belgilandi

Noyabr 30, 2025. 10:32 • 2 daq

98
O‘zbekiston elchisining Dakkaga tashrifi doirasida Bangladesh bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan amaliy qadamlar belgilandi
O‘zbekiston elchisining Dakkaga tashrifi doirasida Bangladesh bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan amaliy qadamlar belgilandi
O‘zbekiston elchisining Dakkaga tashrifi doirasida Bangladesh bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan amaliy qadamlar belgilandi
O‘zbekiston elchisining Dakkaga tashrifi doirasida Bangladesh bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan amaliy qadamlar belgilandi

DAKKA, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Bangladeshdagi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev Dakka shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, mamlakat hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yangi, amaliy darajaga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi.

Diplomatik missiya vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, mamlakatimizda erishilayotgan barqaror va jadal ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish to‘g‘risida batafsil maʼlumot taqdim etdi.

Bangladesh mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nazrul Islom bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarining ijobiy rivojlanish surʼatlari qayd etildi. Tashqi siyosat mahkamasi rahbarining muovini O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi va mamlakatimizni Markaziy Osiyoning ulkan iqtisodiy salohiyatga ega yetakchisi sifatida taʼrifladi.

Tomonlar to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va turizmni hamkorlik uchun ustuvor yo‘nalishlar sifatida eʼtirof etdi.

O‘zaro manfaatli rishtalarni faollashtirishning asosiy omili sifatida ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Bangladesh yaqin kelajakda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishi doirasida biznes-forum uyushtirish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Bangladesh Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik, jut, aviatsiya va turizm bo‘yicha maslahatchisi shayx Bashir Uddin bilan muzokaralar samarali o‘tdi. U to‘qimachilik sohasida to‘plagan boy tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan yangilanish jarayoniga, ayniqsa, to‘qimachilik sohasidagi islohotlarga katta qiziqish bildirdi.

O‘zbekistonning strategik joylashuvini alohida taʼkidlab, mamlakatimiz Rossiya va Yevropa bozorlariga chiqishga intilayotgan Bangladesh kompaniyalari uchun muhim ishlab chiqarish va tranzit xabiga aylanishi mumkinligini qayd etdi.

Shayx Bashir Uddin jiddiy va amaliy niyatlar ifodasi sifatida Bangladeshning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasiga boshchilik qilib, 2026-yilda O‘zbekistonga safar qilishga tayyorligini tasdiqladi.

O‘zbekiston elchixonasi Dakka shahrida mamlakatimizning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdimotini tashkil etdi. Tadbirda Bangladesh savdo vaziri o‘rinbosari Mahbubur Rahmon, shuningdek, yetakchi savdo-sanoat palatalari va yirik kompaniyalar rahbarlari qatnashdi.

Ishtirokchilar to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlarida qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlarga katta qiziqish bildirdi.

Bangladesh ishbilarmon doiralari vakillari 2026-yil O‘zbekistonga biznes-safar uyushtirish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Dakkaga safar natijalari O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarini amaliy qo‘shma loyihalar shakllantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining sezilarli o‘sishiga erishish uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish