Turkiyaning Burdur viloyati ishbilarmon doiralari O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati bilan tanishdi
Fevral 22, 2025. 07:42 • 1 daq
• 211
BURDUR, 22-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlarining Burdur viloyatiga safari davomida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Iqtisodiy tadbirda Burdur viloyati Savdo-sanoat palatasi boshqaruv kengashi raisi Yusuf Keyik, boshqaruv kengashi a'zolari va hududning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Unda o'zaro savdoni rivojlantirish imkoniyatlari va qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Burdur viloyati salohiyatidan kelib chiqqan holda, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, elektrotexnika, mebelsozlik kabi sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirlar yakunida Burdur viloyati Savdo-sanoat palatasi boshqaruv kengashi raisi Yusuf Keyik boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Diplomatlar safar davomida viloyatdagi "Orallar Grup", "ECHTS Makina", "Avoya" "Chichekmersan Marble" kabi yetakchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Xitoyda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum o‘tkazildi

O‘zbekiston diplomatlari va Mariy El Respublikasi delegatsiyasi savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar


