Logo

Varshava shahrida O'zbekiston-Polsha hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan qator uchrashuvlar tashkil etildi

Fevral 27, 2024. 14:38 • 41 soniya

74
Varshava shahrida O'zbekiston-Polsha hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan qator uchrashuvlar tashkil etildi

VARSHAVA, 27-fevral. /"Dunyo" AA/. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Polsha qishloq xo'jaligi va qishloqni rivojlantirish vaziri o'rinbosari Adam Novak, "GD Poland International" ulgurji savdo majmuasi prezidenti o'rinbosari Feliks Vang hamda Polsha-Osiyo savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinskiy bilan uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida Adam Novak bilan Toshkentda o'tkaziladigan qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik bo'yicha ishchi guruhning birinchi yig'ilishi va uning doirasidagi biznes-forumga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Feliks Vangning qayd etishicha, "GD Poland International" majmuasi Osiyo tovarlarining Yevropadagi eng yirik ulgurji bozori bo'lib, O'zbekiston to'qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berishda "ko'prik" rolini o'ynashi mumkin.

Uchrashuvlar yakunida Polsha tomoni bilan qishloq xo'jaligi sohasida hamda "GD Poland International" ulgurji savdo majmuasi bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish