O'zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri "Avinyon" xalqaro teatr festivalida "Masxaraboz shou" spektakli bilan ishtirok etmoqda
Iyul 09, 2025. 16:49 • 41 soniya
• 88
TOSHKENT, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Fransiyaning Avinyon shahrida 5-26-iyul kunlari 79-xalqaro "Avinyon" teatr festivali o'tkazilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi rejissyor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Malika Iskandarova tomonidan sahnalashtirilgan "Masxaraboz shou" ("Clown show") spektakli bilan tarixda ilk marotaba ushbu nufuzli festivalda ishtirok etmoqda.
"Masxaraboz shou" – o'zbek milliy urf-odat va qadriyatlarini milliy va zamonaviy raqslar, shou chiqishlar va improvizatsiyalar bilan tomoshabinga taqdim etadi.
Bahodir Ahmedov, Baxtiyor Turg'unov, Asqar Hikmatov, Naufal Sulaymonov, Fayzulla Asqarov kabi aktyorlar ishtirokidagi "Masxaraboz shou" spektakli dunyoning yetakchi mamlakatlari qatorida O'zbekiston nomidan "Avinyon" teatr festivali dasturidan o'rin olgan.
Ma'lumot uchun, mazkur festivalda turli janrda va rang-barang uslublarda sahnalashtirilgan spektakllar namoyish etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi