O'zbekiston davlat musiqali komediya teatri ijodiy jamoasi gastrol safari bilan Rossiyaga bordi
Iyul 03, 2025. 19:04 • 45 soniya
• 77
SANKT-PETERBURG, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston davlat musiqali komediya teatri Sankt-Peterburg Musiqiy komediya teatri sahnasida Gogolning "Revizor" asari asosida sahnalashtirilgan "Revizor. Incognito" musiqiy spektaklini namoyish qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rejissyor Ruslan Sherezdanov tomonidan rus mumtoz adabiyotini durdona asari asosida sahnalashtirilgan mazkur spektakl zamonaviy qarashlar, xalqona ohanglar va satirik ifodani o'zida mujassam etgan.
Moskva va Toshkentda tomoshabinlar e'tirofiga sazovor bo'lgan ushbu spektakl O'zbekiston va Rossiya teatr jamoalari o'rtasidagi madaniy almashuvning bir qismi bo'ldi.
"Mazkur spektakl Peterburg teatri tomonidan O'zbekistonda Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan "Xotira qo'shiqlari" spektakliga munosib javob bo'ldi. Madaniy aloqalarimiz rasmiy hamkorlik memorandumi bilan mustahkamlandi. Bunday almashinuvlar ijodiy rishtalarni mustahkamlashga xizmat qiladi" – dedi Sankt-Peterburg musiqali komediya teatri bosh direktori, Rossiyada xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Yuriy Shvarskopf.
O'zbekiston davlat musiqali komediya teatri Sankt-Peterburgdagi namoyishlardan so'ng, Kareliya musiqali teatri sahnasida o'z spektaklini taqdim qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi