Logo

"Aydinlar" filmi Ispaniyada bo'lib o'tayotgan xalqaro kinofestivalda namoyish etiladi

Oktabr 16, 2025. 19:52 • 46 soniya

58
"Aydinlar" filmi Ispaniyada bo'lib o'tayotgan xalqaro kinofestivalda namoyish etiladi

MADRID, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 4-oktabridan 13-dekabriga qadar Madriddagi "MK2 Cine Paz" kinoteatrida "Osiyo kinosiga yangicha nigoh" mavzusida festival bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Casa Asia" markazi tomonidan tashkil etilgan festival doirasida 1-noyabr kuni o'zbekistonlik yosh kinorejissyor Muzaffarxon Erkinovning "Aydinlar" filmi namoyish etiladi.

 "Aydinlar" – zamonaviy o'zbek yoshlari, ularning orzu-umidlari, yurtni tark etib, chet elda o'qib qaytishi hamda Vatandagi yangicha o'zgarishlarga guvoh bo'lishi haqidagi sarguzashtlari tasvirlanadi.

Tomoshabinlarga o'zbek filmlari bilan bir qatorda Xitoy, Eron, Qozog'iston, Qirg'iziston, Hindiston, Nepal, Pokiston, Mo'g'uliston, Malayziya, Yaponiya kino ijodkorlarini eng sara asarlari namoyish etilmoqda.

 "Aydinlar"ning "Casa Asia" xalqaro dasturida namoyish etilishi O'zbekiston uchun jahon kinoxaritasida muhim qadam bo'ldi. Filmning Madridda namoyish etilishi nafaqat zamonaviy o'zbek kinosini xalqaro tomoshabinlarga tanitadi, balki mamlakatlar o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, o'zbek kinorejissyorlari iste'dodiga e'tibor qaratadi, san'at va turizm sohasida xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish