"Bahor" davlat raqs ansambli Shanxayda "Ipak yo'lidagi nur" nomli konsert dasturini taqdim etdi
Oktabr 23, 2025. 18:22 • 51 soniya
• 170
SHANXAY, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shanxay xalqaro san'at festivali doirasida Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli ishtirokida O'zbekiston madaniyati kechasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ipak yo'lidagi nur" deb nomlangan konsert dasturida o'zbek raqs san'atining eng sara namunalari taqdim etildi. Kechaga kelgan ko'plab tomoshabinlar o'zbek raqqosalarining betakror ijrolaridan bahramand bo'lishdi.
Tadbir Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi. Tashkilotchilarning aytishicha, O'zbekiston madaniyati kechasi Xitoy tomoshabinlarining Ipak yo'li mamlakatlari an'anaviy san'atiga bo'lgan katta qiziqishi yuqori ekanini ko'rsatdi.
Ta'kidlash kerakki, ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy almashinuv chuqur tarixiy ildizlarga ega. Ushbu jihat O'zbekiston-Xitoy madaniy taraqqiyotiga ham hissa qo'shmoqda.
Xitoy tomoni madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishga qiziqish borligini hamda hamkorlikda tematik dasturlar va mahorat darslarini, o'zbek folklor loyihalarini Shanxayning markaziy maydonlarida namoyish etishga qiziqish mavjudligini bildirdi.
Shanxay xalqaro san'at festivali Osiyo madaniy hayotining eng muhim vokealaridan biri hisoblanadi. Festival 1999 yildan beri Shanxay hukumati homiyligida muvaffaqiyatli o'tkazib kelinmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi