Logo

"Bahorni quvib" filmi "Antares" kinofestivalining asosiy tanlovi dasturiga kiritildi

Iyul 14, 2025. 20:15 • 49 soniya

56
"Bahorni quvib" filmi "Antares" kinofestivalining asosiy tanlovi dasturiga kiritildi

TOSHKENT, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Bahorni quvib" badiiy filmi Moskva shahrida o'tkaziladigan II Xalqaro "Antares" kinofestivalida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Kinematografiya agentligi ma'lumotiga ko'ra, kinorejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan "Bahorni quvib" badiiy filmi joriy yilning 6-10-avgust kunlari Rossiya poytaxtida bo'lib o'tadigan "Antares" kinofestivalining asosiy tanlovi dasturiga kiritildi.

Mazkur film Rossiyada ilk bor namoyish etiladi va rasmiy premyera maqomini oladi.

"Antares" – inson obrazi, kasblar hayoti va ijtimoiy mavzularni badiiy ifodalashga qaratilgan xalqaro kinofestival sifatida tobora e'tirof topmoqda.

2025-yilgi tanlov dasturida 29 mamlakatdan 104 ta filmni qamrab olgani bilan mazkur festivalning xalqaro nufuzi va keng qamrovliligini ko'rsatib turibdi.

Eslatib o'tamiz, "Bahorni quvib" filmi joriy iyul oyida Xitoyning Chunsin shahrida o'tgan ShHT davlatlari kinofestivalining tanlov dasturida ishtirok etdi. Unda mazkur filmda asosiy rolni ijro etgan Ra'no Shodiyeva "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish