"Behbudiy" spektakli Turkiyada namoyish etildi
Oktabr 22, 2025. 11:14 • 46 soniya
• 58
ANQARA, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasining Turkiyaga gastrol safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Teatr jamoasi safar davomida Anqara shahrida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan sahnalashtirilgan "Behbudiy" spektakli namoyish etdi.
Yozuvchi va dramaturg Farmon Toshev qalamiga mansub Mahmudxo'ja Behbudiy dramasi asosida rejissyor Farhod Boynazarov tomonidan sahnalashtirgan ushbu spektaklda Behbudiyning Turkiston muxtoriyatini tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari va jadidlar yetakchisi sifatida ilm-fan, ta'lim-tarbiya, adabiyot va san'at, matbuot sohalarini rivojlantirish borasidagi ishlari hamda chor hukumatining unga ko'rsatgan qarshiliklari ochib berilgan.
Mahmudxo'ja Behbudiy rolini Laziz Mamatqulov yuksak mahorat bilan ijro etdi.
Spektaklni ko'rish uchun Turkiya davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o'zbek diasporasi faollari va vatandoshlar hozir bo'ldi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Xususan, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev "Men bu sahna asarini ko'zim bilan emas, qalbim bilan tomosha qildim", – dedi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi