Logo

O'zbekistonlik mashhur pianinochi Bexzod Abduraimov Madridda konsert beradi

Oktabr 09, 2025. 17:24 • 42 soniya

223
O'zbekistonlik mashhur pianinochi Bexzod Abduraimov Madridda konsert beradi

MADRID, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 14-oktyabr kuni Madrid shahridagi Milliy musiqa saroyida o'zbek fortepiano maktabining yorqin vakillaridan biri, mashhur pianinochi Bexzod Abduraimovning konserti bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jahonning yetakchi sahnalaridan mustahkam o'rin olgan yosh pianinochi ushbu konsertda Brams, Cherni, List, Debyussi va Stravinskiy kabi buyuk kompozitorlarning asarlarini ijro etadi.

So'nggi yillarda Bexzod Abduraimov Karnegi-xoll (Nyu-York), Qirollik Albert-xolli (London), Vena filarmoniyasi kabi nufuzli sahnalarda konsert berdi.

Madriddagi konsert nafaqat Ispaniya madaniy hayotidagi muhim voqea, balki o'zbek-ispan xalqaro madaniy aloqalarini mustahkamlashga ham hissa qo'shadi.

Bexzod Abduraimovning mazkur konserti o'zbek musiqa maktabining yuqori salohiyati va jahon sahnalarida tobora keng tan olinayotganini yana bir tasdig'idir.

Ta'kidlash joizki, yosh iste'dodli o'zbek san'at ustalarining xorijdagi har bir konserti O'zbekistonning boy madaniy merosini keng targ'ib qilishga xizmat qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish