Eronning "Fors" ansambli solisti II Xalqaro maqom san'ati anjumani bosh sovrinini qo'lga kiritdi
Iyul 11, 2024. 18:53 • 48 soniya
• 238
TOSHKENT, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o'tkazilgan ikkinchi Xalqaro maqom san'ati anjumanida Eronning "Fors" ansambli yakkaxon solisti Ali Asg'ar Arabshohiy bosh sovrin va 15 ming AQSh dollarini qo'lga kiritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Eron maqom san'ati ijrochilarining II Xalqaro maqom san'ati anjumanida ishtiroki O'zbekiston Erondagi elchixonasi va Madaniyat vazirligi hamkorligida amalga oshirildi.
Xalqaro hay'at tomonidan ko'rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya bo'yicha — "Eng yaxshi maqom ansambli", "Eng yaxshi yakkaxon cholg'u ijrochisi" "Eng yaxshi yakkaxon xonanda" bo'yicha baholangan.
Yakuniy natijalarga ko'ra, anjumanning bosh sovrin— Gran-pri Eronning "Fors" ansambli yakkaxon xonandasi Ali Asg'ar Arabshohiyga nasib etdi.
Ansambl jamoasi bo'yicha 1-o'ringa O'zbek milliy maqom san'ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli, 2-o'ringa Maqom markazi Jizzax viloyati hududiy bo'limi maqom ansambli hamda 3-o'ringa "Shinjon" badiiy teatri "Maqom" badiiy truppasi (Xitoy) munosib ko'rilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi