Isroilning Rishon le-Sion shahrida taniqli o'zbek jurnalisti bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi
Aprel 11, 2025. 17:39 • 56 soniya
• 184
TEL-AVIV, 11-aprel. /"Dunyo" AA/. Isroilning Rishon le-Sion shahrida taniqli o'zbek jurnalisti, yozuvchi va hujjatli filmlar rejissyori Boris Babayev ijodiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Rishon le-Sion shahri hokimligi va Buxoro yahudiylari jamiyati vakillari ko'magida tashkil etilgan uchrashuv iliq, do'stona ruhda o'tdi va o'zbek diasporasi vakillari, o'zbek madaniyati ixlosmandlarini birlashtirdi.
Tadbir doirasida Boris Babayev o'zining yangi ijodiy loyihasi – "Batir Zakirov & Frank Sinatra: bo'lishi mumkin bo'lgan uchrashuv..." nomli ilk o'zbek musiqiy spektaklini taqdim etdi.
Ikki buyuk afsona – o'zbek milliy estradasining asoschilaridan biri Botir Zokirov va amerikalik mashhur qo'shiqchi Frank Sinatraning ijodiy merosi asosida yaratilgan ushbu noyob spektakl tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otdi.
Boris Babayev, shuningdek, O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, Samarqandda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi" sammiti va Toshkentda bo'lib o'tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi batafsil so'zlab berdi. U, shuningdek, O'zbekistonning jahon miqyosidagi o'rni tobora ortib borayotganini alohida ta'kidladi.
Mazkur uchrashuv ikki davlat o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, tarixiy xotirani asrab-avaylashga ko'maklashish, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash imkonini berdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi