Frankfurtdagi Xalqaro kitob ko'rgazma – yarmarkasida O'zbekiston vakillari faol qatnashdi
Oktabr 22, 2025. 19:19 • 55 soniya
• 75
FRANKFURT-MAYN, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Germaniyaning Frankfurt shahrida 19-21-oktyabr kunlari bo'lib o'tgan "Frankfurter Buchmesse" xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasida O'zbekiston stendi namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu nufuzli tadbir dunyodagi eng yirik va eng muhim xalqaro kitob yarmarkalaridan biri hisoblanadi. 1949-yildan beri u mualliflar, noshirlar, matbaachilar, kitob savdosi tashkilotlari, adabiy idoralar va kitobsevarlarni bir joyga — Frankfurtda to'plamoqda.
Bu yilgi yarmarkada dunyoning 92 dan ortiq davlati ishtirok etdi. O'zbekiston delegatsiyasining ishtiroki yurtimiz noshirlari va Kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O'zbekiston stendidan "O'zbekiston", "Yangi asr avlodi", "Credoprint", "Asian Book House", "Global Books", "Yoshlar Matbuoti", "Dunyo Nashr", "Kitob Sayyorasi", "Mitti Olam", "Sahhof" noshirlik korxonalari va "O'zdavkitobsavdo" tashkiloti bosma mahsulotlari o'rin oldi.
O'zbekiston noshirlik korxonalari va mualliflari nafaqat zamonaviy adabiyotlarni namoyish etdi, balki xorijiy nashriyot va mualliflar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida birqator muzokaralar o'tkazdi.
Natijada, O'zbekiston noshirlari yirik xorijiy kompaniyalar bilan mashhur chet el mualliflarining sara asarlarini o'zbek tilida nashr etish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda o'zbek adabiyoti vakillarining kitoblarini nashr etish bo'yicha shartnomalar imzoladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi