Polshaning Glogov shahrida O'zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bag'ishlangan ko'rgazma bo'lib o'tdi
Oktabr 22, 2025. 16:04 • 57 soniya
• 16
GLOGOV, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning Glogov shahridagi Arxeologiya va tarix muzeyida O'zbekiston turizm imkoniyatlari va boy madaniy merosiga bag'ishlangan ko'rgazma bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazma mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tantanali ochilish marosimida muzey rahbariyati va xodimlari, madaniyatshunos va san'atshunos olimlar, mashhur polyak amaliy san'at ustalari, jamoatchilik va Glogov shahri aholisi ishtirok etdi.
Ko'rgazmada o'zbek xalqiga xos boy urf-odat va an'analarni yorqin ifoda etuvchi noyob fotosuratlar, milliy hunarmandlarimiz tomonidan yaratilgan amaliy san'at namunalari, an'anaviy bezakchilik va ipakchilik mahsulotlari namoyish etildi. Shuningdek, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlarida joylashgan tarixiy qadamjolarning suratlari hamda O'zbekiston madaniy merosining jahon to'plamlaridagi o'rnini yorituvchi eksponatlar taqdim qilindi.
Xususan, XIX asrda Samarqandda yashab ijod qilgan polyak etnografi va tarixchisi Leon Borщyevskiy galereyasidan keltirilgan asarlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otdi. Bu asarlar ikki xalq o'rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar naqadar chuqur ildizlarga egaligini yana bir bor namoyon etdi.
Mazkur ko'rgazma nafaqat mamlakatimizning boy madaniy merosi va turizm imkoniyatlarini keng targ'ib qilishga, balki O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi