Seul va Kvandju shaharlarida O'zbekiston va Janubiy Koreya madaniy almashinuv yili doirasida yirik tadbirlar o'tkazildi
Oktabr 10, 2025. 18:56 • 2 daq
• 128
SEUL, 10 oktabr. /Dunyo" AA/. Joriy yilning 30 sentyabr – 10 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul va Kvandju shaharlarida O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi madaniy almashinuv yili hamda "Koreya – Markaziy Osiyo" madaniy hamkorlik tadbirlari doirasida qator yirik madaniy loyihalar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur muhim voqeani nishonlash maqsadida O'zbekistonning elchixonasi, Janubiy Koreya Madaniyat vazirligi huzuridagi Milliy Osiyo madaniyat markazi (ACC) hamda Koreya-Markaziy Osiyo hamkorlik forumi (KF) kotibiyati bilan hamkorlikda "Madaniy uyg'unlik – 2025: Koreya Markaziy Osiyo bilan uchrashadi" mavzusida xalqaro madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O'zbekiston ham faol ishtirok etdi. Xususan, yurtimizdagi "MARU" brendi asoschisi va dizayneri Marhamat Umarova Seul va Kvandjuda o'tkazilgan moda namoyishlarida ishtirok etdi hamda milliy matolar tarixi, ularning kelib chiqishi va zamonaviy talqini haqida taqdimot o'tkazdi.
U o'z ishlari orqali O'zbekistonning qadimiy ipakchilik an'analarini va Buyuk Ipak yo'lining madaniy merosini namoyon etdi. Marhamat Umarovaning ushbu tadbirdagi ishtiroki nafaqat milliy modani xalqaro sahnada targ'ib qildi, balki matolarning tarixiy manbalari, ularning zamonaviy qo'llanilishi va barqaror yechimlari yuzasidagi muhokamalarga ham turtki berdi.
O'zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo'limi san'atkorlari Seul va Kvandjuda o'tkazilgan madaniy kechalarda milliy musiqa va raqs san'ati namunalarini taqdim etdi. O'zbekiston san'at ustalari tomonidan Qashqar va Buxoro ruboblari, doira, nay, ud, zang, qayroq kabi an'anaviy cholg'u asboblarida ijro etilgan folklor qo'shiq va raqslari barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi