Logo

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrining "Taklif va to'y" spektakli xalqaro festivalda "Eng yaxshi spektakl" nominatsiyasini qo'lga kiritdi

Iyul 29, 2025. 14:24 • 37 soniya

109
Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrining "Taklif va to'y" spektakli xalqaro festivalda "Eng yaxshi spektakl" nominatsiyasini qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 29-iyul. /"Dunyo" AA/. Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Portugaliyada bo'lib o'tgan xalqaro teatrlar festivalida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 19-26-iyul kunlari Portugaliyaning Braga shahrida "MIT – Mostra Internacional de Teatro" IV Xalqaro teatrlar festivali bo'lib o'tdi.

Unda ishtirok etgan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi Anton Chexovning "Taklif va to'y" spektaklini namoyish etdi. Yakunda mazkur spektakl nufuzli festivalda Italiya, Ispaniya, Bolgariya, Ukraina, Portugaliyaning yetakchi teatr jamoalari orasidan "Eng yaxshi spektakl" nominatsiyasini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, teatr jamoasi Portugaliyaning Fafe, Barselos va Maia shaharlarida gastrol safari bilan ham bo'ldir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish