Janubiy Koreyaning Miryang shahrida O'zbekiston san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi
May 28, 2025. 19:49 • 39 soniya
• 121
SEUL, 28-may. /Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi Koreya Respublikasining Miryang shahar hokimligi hamda Miryang Madaniyat va turizm jamg'armasi bilan birgalikda "O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida madaniy almashinuv yili"ga bag'ishlangan konsert dasturini tashkil qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston Madaniyat vazirligi vakillari va o'zbek baxshilari qatnashishdi. Shuningdek, O'zbekiston san'atkori Miryang shahrida bo'lib o'tgan Miryang Arirang musiqiy festivalining ochilish marosimida ham ishtirok etishdi. O'zbek san'at ustalari tomonidan ijro etilgan milliy qo'shiqlar tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
O'zbekiston san'atkorlari betakror ijrolari orqali yurtimiz madaniyatini munosib targ'ib qilishdi va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim hissa qo'shdilar.
Bundan tashqari, O'zbekiston rasmiylarining Miryang shahriga tashrifi doirasida O'zbekiston Madaniyat vazirligi va Miryang shahri hokimligi o'rtasida memorandum imzolandi. Hujjatda ikki davlat o'rtasidagi faol madaniy hamkorlikni davom ettirish, madaniy almashinuvni boyitish va turli madaniy tadbirlarni birgalikda tashkil etish kabi vazifalar belgilangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi