Xivada O'zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorligida "Sehrli chiroq" ertak filmining suratga olish ishlari boshlandi
Oktabr 15, 2025. 19:10 • 38 soniya
• 101
MOSKVA, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Xivada "Jonli tarix" davlat dasturi doirasida yaratilgan "Sehrli chiroq" yangi tarixiy ertak filmining suratga olish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Rossiyaning "Karavan info" AA ma'lumotiga ko'ra, loyiha "O'zbekfilm" kinokonserni va "Sankt-Peterburg hujjatli filmlar studiyasi" bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Mazkur kartina O'zbekiston madaniy merosini saqlash va ommalashtirish bo'yicha keng ko'lamli tashabbusning bir qismi bo'ladi.
Film qahramonlari rolini O'zbekiston, Rossiya, Hindiston va Qirg'izistonning mahoratli aktyorlar truppasi ijro etayapti. Mazkur film bir vaqtning o'zida uch mamlakatda – O'zbekiston, Rossiya va Qirg'izistonda suratga olinmoqda.
"Sehrli chiroq" Sharq ertaklari muhiti va zamonaviy kinematografiya texnologiyalari yordamida, ma'naviy qadriyatlar va ezgulikning abadiy mavzusini ochib beradi. Film premyerasi 2026-yilga mo'ljallangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi