Polshaning Klyuchbork shahrida O'zbekiston tarixiga oid fotoko'rgazma ochildi
Dekabr 13, 2024. 14:43 • 2 daq
• 246
VARSHAVA, 13-dekabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning Opole voyevodligi Klyuchbork shahrida mashhur polyak sayyohi, etnograf va o'lkashunos Leon Barshchevskiyning 19-asr oxiridagi O'zbekiston hayotiga bag'ishlangan fotoko'rgazmasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazma O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan Klyuchbork shahridagi Yan Zderjon muzeyi ma'muriyati va Leon Barshchevskiy arxivining egasi, nevarasi Igor Stroyeskiy bilan birgalikda tashkil etildi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida muzey rahbariyati, madaniyat markazlari xodimlari, madaniyatshunos va san'atshunos olimlar, mashhur polyak qo'llanma san'ati ustalari, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik qatnashdi.
Ishtirokchilarga O'zbekiston haqidagi muhim ma'lumotlar, mamlakat rivojlanishining yangi bosqichi natijasida erishilgan ijobiy yutuqlar haqida so'zlab berildi. Mamlakatimizda turizm infratuzilmalari hamda xizmatlarini yaxshilash va boshqa jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta'kidlandi.
"Bugun biz Opole voyevodligida joylashgan muzeyda O'zbekiston tarixiga bag'ishlangan ko'rgazmani ochdik. Shuningdek, bu ko'rgazmada O'zbekiston bo'ylab sayohatim davomida olingan suratlar o'rin olgan. Mehmonlar O'zbekiston tarixi, milliy kiyimlariga oid eksponatlar bilan tanishishlari mumkin. Mazkur ko'rgazmada, shuningdek, Leon Barshevskiyning O'zbekistonning ajralmas tarixi va madaniy merosi bo'lgan Buxoro Amirligidagi izlanishlari natijalari taqdim etilyapti.
Leon Barshevskiy, tarixchi sifatida, hayotining katta qismini Markaziy Osiyo, xususan o'zbek xalqi madaniyati, an'analari va turmush tarzini o'rganishga bag'ishlagan. Uning asarlari, nodir fotosuratlari, tarixiy hujjatlari va yozuvlari jahon madaniyatiga bebaho hissa qo'shib, ushbu mintaqaning boy merosini chuqurroq anglashga yordam beradi", dedi Leon Barshchevskiy arxivining egasi va nevarasi Igor Stroyeskiy.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi