Koreya Respublikasida O'zbekiston san'at ustalari ishtirokida ikki davlat madaniy almashinuv yiliga bag'ishlangan konsert dasturlari bo'lib o'tdi
May 12, 2025. 12:35 • 45 soniya
• 664
SEUL, 12-may. /"Dunyo" AA/. Janubiy Koreyaning Namvon va Degu shaharlarida "O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida madaniy almashinuv" yiliga bag'ishlangan konsert dasturlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniy tadbirlar O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Namvon va Degu shaharlari hokimliklari hamda Bongsan madaniyat markazi va Namvon madaniyat va san'at markazi hamkorligida tashkil etildi.
Unda "Bahor" milliy raqs ansambli va O'zbekiston davlat konservatoriyasi ijodiy jamoasi o'z konsert dasturlarini Namvon va Degu shaharlari aholisi e'tiboriga taqdim etdi.
O'zbekiston san'atkori, shuningdek, Namvon shahrida tashkil etilgan "2025-Chunxyang ovozi dunyoni ochadi" va Tegu shahrida "Kuchli Tegu" xalqaro musiqa festivallarda ham faol ishtirok etishdi. San'atkorlarimizning mazkur festivallardagi chiqishlari koreys xalqi va xorijiy qatnashchilarda yuqori taassurot qoldirdi.
Vakillarimiz o'zlarining betakror dasturlari, xususan, yuksak mahorat bilan ijro etilgan o'zbek milliy kuy-qo'shiqlari va raqslari orqali yurtimiz madaniyatini munosib targ'ib qilishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi