Logo

Tarjimon va adabiyotshunos vatandoshimizning kitobi Shveysariyada taqdim etildi

Avgust 05, 2025. 14:47 • 50 soniya

209
Tarjimon va adabiyotshunos vatandoshimizning kitobi Shveysariyada taqdim etildi

HINVIL, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. Shveysariyaning Hinvil shahrida atoqli o'zbek ijodkori qalamiga mansub kitobning taqdimoti o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Syurix shahri yaqinida joylashgan Hinvil shahardagi "Hadlikon" madaniyat markazida tarjimon va adabiyotshunos Hafiza Qo'chkarovaning o'zbek tilida yozilgan va nemis tiliga o'girilgan "Sher o'g'li" kitobi taqdim etildi. Adabiyot kechasida shveysariyalik adabiyotshunoslar, san'atkorlar, jurnalistlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ushbu asar muallifning bobosi va buvisidan eshitgan hikoyalari asosida yaratilgan. Yurtdoshimiz o'z asarida Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini o'z zamondoshlariga yana bir bor eslatgan.

Kitob haqida "Hadlikon" madaniyat markazi rahbari Urs Noykom, Syurix universiteti professorlari Hans Ber va Marianne Berle-Moor, Syurix musiqa festivali direktori Jovanni Bria o'z fikrlarini bildirdilar. Ma'ruzachilar o'z chiqishlarida, bu kabi zamonaviy o'zbek adabiyoti mutolaa kechalari nafaqat ikki davlat o'rtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlashda, balki O'zbekistonning tarixiy, madaniy va sayyohlik salohiyatini tanitishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Taqdimotning madaniy qismida pianinochi Jan Debua tomonidan ijro etilgan asarlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.  

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish