Logo

Latviyaning Yurmala shahrida "O'zbekiston madaniyat kechasi" bo'lib o'tdi

Iyun 24, 2025. 15:42 • 48 soniya

108
Latviyaning Yurmala shahrida "O'zbekiston madaniyat kechasi" bo'lib o'tdi

YURMALA, 24-iyun. / "Dunyo" AA/. Latviyaning Yurmala shahridagi "Dzintari" konsert zalida "O'zbekiston madaniyati kechasi" bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston xalq artisti Xurshid Rasulov, "Saxar" guruhi solisti Anvar Jo'rayev hamda "Xalqlar do'stligi" va "Sharq" ansambllari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. Shuningdek, tomoshabinlar latviyalik mashhur opera xonandasi Inessa Galante qo'shiqlaridan bahramand bo'lishdi.

Tadbirda mamlakatimizning tegishli vazirliklari rahbarlari va oliy o'quv yurtlari rektorlari, yirik biznes vakillari, diplomatlar va vatandoshlar ishtirok etishdi.

Mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi diplomatlari tadbir avvalidagi chiqishlarida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, O'zbekiston-Latviya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari haqida so'zlab berdilar.

Latviya tomoni o'z navbatida, O'zbekistonning so'nggi yillarda erishgan yutuqlarini yuqori baholashdi. Qisqa vaqt ichida yangi davlat va jamiyat qurish bo'yicha katta ishlar amalga oshirilgani ta'kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning pragmatik, muvozanatli va uzoqni ko'zlagan tashqi siyosati natijasida O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi hamda global kun tartibiga ta'siri muttasil oshib borayotgani alohida e'tirof etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish