Logo

 "Eshelon Samarqandga boradi" badiiy filmining bir qismi Vengriya hududida suratga olinadi

May 08, 2025. 07:22 • 51 soniya

708
 "Eshelon Samarqandga boradi" badiiy filmining bir qismi Vengriya hududida suratga olinadi

TOSHKENT, 11-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov Budapesht shahriga tashrifi davomida Vengriya kino instituti rahbari Chaba Kayel va "Petofi" madaniyat agentligi maslahatchisi Reka Ksuri Banyai bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida kino sohasida hamkorlik qilish masalalari ko'rib chiqildi.

 Tomonlar O'zbekiston va Buyuk Britaniyaning " New State Pictures Ltd" studiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan "Eshelon Samarqandga boradi" badiiy filmining bir qismini Vengriyada suratga olish to'g'risida kelishib oldilar.

Shuningdek, Vengriya bilan hamkorlikda yaratilayotgan "Herman Vamberi va mulla Is'hoq" filmining suratga olish ishlari bilan tanishildi.

"Eshelon Samarqandga boradi" badiiy filmi tatar yozuvchisi Guzel Yaxinaning "Samarqandga yo'l olgan eshelon" romani asosida yaratilmoqda. Guzel Yaxinaning mazkur romani 2021-yil mart oyida chop etilgan. Unda Volga daryosi bo'yida yashaydigan va ochlikdan azob chekayotgan besh yuz nafar bolani qutqarish haqidagi voqealar yoritilgan.

Roman voqealari 1923-yilda Volgabo'yidagi bolalarini janubga olib ketayotgan "Dzerjinskiy" poyezdlaridan birida sodir bo'ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish