"Asdaa Oman" gazetasi: O'zbekiston mintaqaviy hamkorlik, savdo yo'llarini diversifikatsiya qilish va barqaror rivojlanishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda
Avgust 07, 2025. 16:10 • 52 soniya
• 52
MASQAT, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. O'monning ommabop "Asdaa Oman" gazetasida "O'zbekiston xalqaro hamkorlar bilan birgalikda kelajakka yo'naltirilgan yangi transport yo'nalishlarini yaratmoqda" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchunchi konferensiyasining maqsad va g'oyalari qalamga olingan. "O'zbekiston o'zining geografik cheklovlariga qaramay, xalqaro iqtisodiy jarayonlarga faol qo'shilmoqda. Shuningdek, mamlakat "Transafg'on temir yo'li, O'rta yo'la, "Bir makon – bir yo'l" kabi loyihalarda tashabbuskor sifatida qatnashib, transport va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilayapti", – deyilgan nashrda.
Qayd etilishicha, O'zbekiston BMTning Olmaota va Vena harakat dasturlari doirasidagi maqsadlarni izchil amalga oshiryapti. Mintaqaviy hamkorlik, savdo yo'llarini diversifikatsiya qilish va barqaror rivojlanishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Maqola yakunida, "Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonda bo'lib o'tgan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchunchi konferensiyadagi ishtiroki O'zbekistonning xalqaro hamjihatlikka sodiq ekanligini, shuningdek, Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari so'rishdagi faol rolini yana bir bor tasdiqlaydi", – deb ta'kidlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida