Logo

"Daily News Hungary": O'zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga xalqaro investitsiyalarni faol jalb etmoqda

Noyabr 24, 2024. 11:37 • 2 daq

104
"Daily News Hungary": O'zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga xalqaro investitsiyalarni faol jalb etmoqda

BUDAPESHT, 24-noyabr. /Dunyo" AA/. Vengriyaning "Daily News Hungary" onlayn nashrida "Iqlim o'zgarishlari oqibatlarini yumshatish va moslashish bo'yicha O'zbekiston siyosati" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda so'nggi yillarda O'zbekiston Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida iqlim masalalari bo'yicha kun tartibi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilab berilgani qayd etilgan.

"2017-yilda Parij bitimi imzolangani, 2018-yilda esa uni ratifikatsiya qilgan O'zbekiston 175 ta imzolangan davlat qatorida dunyoda o'rtacha global haroratning oshishini 2 darajadan past bir darajagacha ushlab turish majburiyatini olgani buning asosiy tasdig'idir", – deyilgan maqolada.

"Daily News Hungary" ma'lum qilganidek, 2021-yilda Glazgoda bo'lib o'tgan "COR26"da O'zbekiston yalpi ichki mahsulot birligiga to'g'ri keladigan issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish, 2010-yil darajasiga nisbatan 2030-yilga kelib bu ko'rsatkichni 10 foizdan 35 foizga oshirish bo'yicha yangilangan milliy miqyosda aniqlangan hissani taqdim etdi.

"Mamlakat ekologiya siyosatini rivojlantirish yo'lidagi yana bir muhim qadam – O'zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasiga respublika tarixida birinchi marta atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha alohida moddalarning kiritilishi bo'ldi. Unda fuqarolarning ekologik xavfsizligini ta'minlash va ekologik xavfsizlikni ta'minlash huquqlari o'z ifodasini topgan", – deb qayd etgan onlayn nashr.

O'zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga xalqaro investitsiyalarni faol jalb etayotgani alohida ta'kidlangan. Navoiy viloyatida Birlashgan Arab Amirliklari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan 100 megavatt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi bunga misoldir

Maqola oxirida "O'zbekiston global ekologik muammolarga mas'uliyat bilan yondashish, iqlim bo'yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish namunasini ko'rsatmoqda", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish